Kuni kecha “Qoʻriqlash” bosh boshqarmasining Xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalarini qoʻriqlash boʻyicha alohida bataloni shaxsiy tarkibi ishtirokida xizmat intizomini mustahkamlash, xodimlarning huquqiy bilimlarini yanada oshirish masalalariga bagʻishlangan davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Bugun Bojxona qoʻmitasining Milliy kinologiya markazida Milliy gvardiya qoʻmondonligi, Bojxona qoʻmitasi rahbariyati, shuningdek, Rossiya Federatsiyasi, Xitoy, Belarus va Qozogʻiston respublikalari huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamda kinolog-mutaxassislar ishtirokida tantanali taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Bugungi kunda sohada xizmat olib borayotgan xodimlarning xizmat intizomiga amal qilishlari, qonunchilikka rioya etishlari, fuqarolar bilan xushmuomala boʻlishlari yuzasidan qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Sirdaryo viloyati prokuraturasi, Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi, viloyat Ichki Ishlar boshqarmasi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlari mutasaddi rahbarlari ishtirokida Yangiyer shahrida joylashgan Kimyo texnologiyalar institutida aholi va Milliy gvardiyaga biriktirilgan uyushmagan yoshlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, mavjud muammolarni joylarga chiqqan holda oʻrganish maqsadida sayyor qabul oʻtkazildi.
Yoshlar oyligi doirasida oʻsib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik ruxida tarbiyalash, oʻgʻil-qizlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida Milliy gvardiya Namangan viloyati boʻyicha boshqarmasi tomonidan "Vatanning sodiq yoshlari" oʻquv yigʻiniga jalb qilingan yоshlar ishtirokida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi oʻtkazildi.
Joriy yilning yanvar oyida Davlatimiz rahbari raisligida oʻtkazilgan Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yigʻilishida belgilab berilgan vazifalarning amaliy ijrosi yuzasidan, Milliy gvardiya boʻlinmalari shaxsiy tarkibi oʻrtasida harbiy intizomni mustahkamlash va huquqiy madaniyatni oshirish borasida amalga oshirilgan ishlar tahliliga bagʻishlangan videoselektor tarzidagi hisobot yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Yurtimizda oʻsib kelayotgan yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalash, boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ulardagi vatanimizning oʻtmishi va buguni haqidagi tushunchalarni yanada oshirish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Bugun Bojxona qoʻmitasining Milliy kinologiya markazida Milliy gvardiya tashabbusi bilan har yili oʻtkaziladigan Milliy gvardiya kinolog-mutaxassislarining xizmat koʻpkurashi boʻyicha ochiq musobaqasining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda Milliy gvardiya Qoʻmondoni oʻrinbosari polkovnik M.J.Gʻaniyev hamda Bojxona qoʻmitasi raisi oʻrinbosari polkovnik Choriyev O.B. lar soʻzga chiqib, musobaqa ishtirokchilariga oldinda turgan murosasiz bahslarda omad va zafarlar tilashdi.