Yangiliklar

5 Iyun 2025

Andijon viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi xodimlari Andijon tarixi va madaniyati muzeyiga tashrif buyurdilar

Andijon viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi tomonidan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar doirasida Andijon tarixi va madaniyati muzeyiga tashrif uyushtirildi.

Tashrifdan maqsad – xodimlar orasida vatanparvarlik tuygʻularini mustahkamlash, yurtimizning boy tarixi va madaniy merosi bilan yaqindan tanishtirish, milliy qadriyatlarimizga boʻlgan hurmatni oshirishdan iboratdir.

Andijon shahrida joylashgan muzeyga uyushtirilgan sayohat davomida xodimlar viloyatining koʻp asrlik tarixi, xalqimizning urf-odatlari, anʼanalari va madaniy meroslari haqida batafsil maʼlumotlarga ega boʻlishdi. Shuningdek, muzeyda saqlanayotgan nodir eksponatlar, tarixiy hujjatlar va xalq amaliy sanʼati namunalari ularda katta taassurot qoldirdi.

Bunday maʼnaviy-maʼrifiy tashriflar xodimlarimizning bilim va dunyoqarashini kengaytirish, shu bilan birga xizmat faoliyatida yanada fidokorona ishlashga ruhlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.