Qorovullik bo`linmalari orqali qo`riqlash
Qorovullik boʻlinmalari - qonunchilikda oʻrnatilgan doirada va Milliy gvardiya tomonidan belgilangan tartibda jismoniy kuch va maxsus vositalarni qoʻllash huquqiga ega boʻlgan erkin yollangan xodimlardan iborat Milliy gvardiya Qoʻriqlash xizmatining tarkibiy boʻlinmasi
Qoʻriqlash xizmat turlari:
Ofislarni qoʻriqlash - haqiqiy rahbar nafaqat ish jarayonlarini, balki xodimlarining xavfsizligini ham oʻylaydi. Maʼmuriy bino yoki binolarning xavfsizligi xodimlarning rahbarlarga boʻlgan ishonchidir. Bu kompaniya bilan hamkorlik qilayotgan mijozlarning ishonchini oshiradi.
Qurilish maydonlari va uchastkalarini qoʻriqlash - Qurilish materiallari, maxsus texnika va qurilish maydonchalarini ishonchli himoyasi
Tibbiyot muassasalarni qoʻriqlash – shifoxona, klinika, tibbiy markaz, laboratoriyalarda bemorlar va xizmatchilar oʻzlarini xavfsiz his qilishlari zarur boʻlgan hudud.
Madaniyat obyektlarini qoʻriqlash – kelajak avlod uchun tarixiy-madaniy meroslarni saqlash maqsadida, muzeylar, muzey-qoʻriqxonalar, (tarixiy va madaniy meroslar saqlanadigan joylar), arxeologik qazilmalar joylari ishonchli qoʻriqlanishi zarur
Teatr va kinoteatrlarning xavfsizligi – fuqarolar oʻzlarini xavfsiz his qilishi muhimdir. Teatr va kino tomoshabinlari oʻzlarini holi his qilishlari va dam olishlari mumkin.
Taʼlim muassasalarini qoʻriqlash - yosh avlod uchun javobgarlik har bir katta yoshdagi insonning, shu jumladan ota-onalar va oʻqituvchilarning zimmasidadir.
Biznes markazlarini qoʻriqlash - nafaqat zaruriyat, balki xodimlar va tashrif buyuruvchilar uchun xotirjamlik garovidir.
Ijtimoiy soha inshootlarini qoʻriqlash - Gipermarketlar, bozorlar, doʻkonlar, restoranlar, ommaviy koʻngilochar joylar, bolalar oʻyingohlari, dam olish joylari - hamma narsa nazorat ostida, xizmat koʻrsatish ishchi-xizmatchilari va tashrif buyuruvchilarning xotirjamligini taʼminlash.
Omborxona - Yuklarni xavfsiz va ishonchli saqlash har bir omborning asosiy vazifasidir. Qoʻriqlash - mulk va ombor ishchilarini himoya qilish uchun eng yaxshi yechimdir.
Avtoturargohning qoʻriqlash - Avtotransport vositalarining toʻliq xavfsizligi, kechayu-kunduz qoʻriqlash va vaziyatni nazorat qilish.