Saf bo‘linmalari :
huquqiy maqomi bo‘yicha ichki ishlar organlari xodimiga tenglashtirilgan, maxsus unvonga, belgilangan namunadagi formali kiyim-boshga, shuningdek, xizmat vazifasini bajarish vaqtida qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda jismoniy kuch, o‘qotar qurol va maxsus vositalarni qo‘llash huquqiga ega bo‘lgan Milliy gvardiya qo‘riqlash xizmatining shahodatlangan xodimlardan iborat tarkibiy bo‘linma.
Qo‘riqlash saf bo‘linmasi xodimining asosiy vazifalari:
- ob’ektlarni qo‘riqlash va huquqqa zid tajovuzlardan himoya qilish;
- qo‘riqlanadigan ob’ektlarda ruxsat berish va ob’ekt ichki rejimini ta’minlash;
- qo‘riqlanadigan ob’ektlarda jinoyatlar va ma’muriy huquqbuzarliklarning oldini olish va ularga barham berish;
- mol-mulkini qo‘riqlash va ularni kuzatib borish;
- qo‘riqlashning ilg‘or muhandislik-texnik vositalari va usullarini joriy etish va ulardan foydalanish;
- jangovar va xizmat tayyorgarligini yuqori darajada ta’minlash va saqlash;
- qo‘riqlanadigan ob’ektlarda texnogen va tabiiy tusdagi favqulodda hodisalar va vaziyatlarning oldini olish va ularni tugatishda qatnashish;
- ob’ektlar va mol-mulkni qo‘poruvchilik-terroristik harakatlar sodir etilishidan, yoqish, o‘g‘irlash va boshqa jinoiy tajovuzlardan ishonchli qo‘riqlashni tashkil etish masalalari bo‘yicha huquqni muhofaza qilish organlari va boshqa davlat organlari, jamoatchilik vakillari bilan o‘zaro samarali hamkorlikni ta’minlash.
- qo‘riqlanayotgan ob’ektlarga g‘ayriqonuniy kirgan (kirishga uringan) va huquqbuzarlik qilgan shaxslarni ushlash, ularga ma’muriy bayonnoma tuzish, xizmat xonasida ushlab turish, tegishli qaror qabul qilish uchun ularni hududiy ichki ishlar organlariga topshirish;
- qo‘riqlash faoliyatini amalga oshirish jarayonida ushbu qonunda nazarda tutilgan tartibda va hollarda o‘qotar qurol, maxsus vositalardan foydalanish va jismoniy kuch ishlatish;
- qo‘riqlash faoliyatini amalga oshirish uchun xizmat va qorovul itlaridan foydalanish.
Qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshiradi.