Rahbariyat

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qoʻriqlash departamenti boshlig‘ining xizmatni tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari

Eshqobulov Asilbek Yakubovich

Fuqarolarni qabul qilish dushanba, soat 08:00 dan 11:00 gacha

     Polkovnik Eshqobulov Asilbek Yakubovich, 1981 yilning 06 mart kuni Samarqand viloyatida tug‘ilgan. Ma'lumoti oliy, 2002 yilda Toshkent Davlat texnika universitetini “issiqlik energetikasi” yo‘nalishi va 2006 yilda Samarqand qishloq xo‘jaligi institutini “agroinjener” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
     Mustaqil mehnat faoliyatini 2000 yilning oktyabr oyida Toshkent shahridagi OAJ “ORGRES”da texnik lavozimdan boshlab, 2002 yilning oktyabr oyidan 2003 yilning oktyabr oyiga qadar Samarqand shahridagi “Issiqlik manbai” tashkilotida yetakchi injener lavozimida ishlagan.
     Xizmat faoliyatini 2003 yilning oktyabr oyidan Samarqand viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash boshqarmasi texnika vositalarini joriy qilish va foydalanish bo‘limi inspektori lavozimidan boshlab, Qo‘riqlash boshqarmasining turli rahbarlik lavozimlarida davom ettirgan va 2013 yilning noyabr oyida Qo‘riqlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.
     2018 yilning avgust oyidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qo‘riqlash bosh boshqarmasida bo‘lim boshlig‘i va boshqarma boshlig‘i lavozimlarida davom ettirgan.
     2019 yilning dekabr oyidan Milliy gvardiya Qo‘riqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari-zamonaviy qo‘riqlash texnika vositalarini joriy qilish va axborot xavfsizligini ta'minlash boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.
     2020 yilning iyul oyidan Milliy gvardiya Qo‘riqlash bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari-Qo‘riqlash faoliyatini tashkillashtirish va muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida xizmat faoliyatini davom ettirgan.
     2021 yilning mart oyida Milliy gvardiya Qo‘riqlash bosh boshqarmasi boshlig‘ining xizmatni tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.
     Xizmat faoliyati davomida namunali xizmatlari uchun rahbariyat tomonidan bir necha bor rag‘batlantirilgan.
     Oilali, 3 nafar farzandi bor.

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qoʻriqlash departamenti boshlig‘ining axborot kommunikatsiya va qo‘riqlash texnologiyalarini joriy qilish bo‘yicha o‘rinbosari

Nishonov Sherzod Baxtiyarovich

Fuqarolarni qabul qilish payshanba, soat 08:00 dan 11:00 gacha

     Polkovnik Nishonov Sherzod Baxtiyarovich, 1975 yilning 17 aprel kuni Toshkent viloyatida tug‘ilgan. Ma'lumoti oliy, 1997 yilda Toshkent Davlat texnika universitetini “Muhandis mexanik” mutaxassisiligi bo‘yicha tamomlagan.
      Xizmat faoliyatini, 2000 yilning fevral oyidan Toshkent shahar IIBB O‘quv markazi tinglovchilar lavozimidan boshlagan.
      2000 yilning iyul oyida Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek TIIB huzuridagi qo‘riqlash bo‘limi 3-Markazlashtirilgan qo‘riqlash pulti navbatchisi lavozimiga tayinlangan.
      Keyinchalik, o‘z xizmat faoliyatini Toshkent shahar IIBB huzuridagi Qo‘riqlash boshqarmasining turli rahbarlik lavozimlarida, tuman qo‘riqlash bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari, qo‘riqlash bo‘limi boshlig‘i va Alohida batal'on komandiri lavozimlarida davom ettirgan.
      2021 yilning mart oyidan 2021 yilning avgust oyiga qadar Milliy gvardiya Toshkent viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi boshlig‘ining xizmatni tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida xizmat qilgan.
      2021 yil avgust oyida Milliy gvardiya Qo‘riqlash bosh boshqarmasi boshlig‘ining axborot kommunikasiya va qo‘riqlash texnologiyalarini joriy qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimga tayinlangan.
      Xizmatda erishgan yutuqlari uchun rahbariyat tomonidan bir necha bor rag‘batlantirilgan.
      Oilali, 2 nafar farzandi bor.

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qoʻriqlash departamenti boshlig‘ining kadrlar va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari

Jumaev Bobur Sobirjonovich

Podpolkovnik Jumaev Bobur Sobirjonovich, 1986 yilning 23 dekabrь kuni Navoiy viloyatida tugʼilgan. Maʼlumoti oliy, 2007 yilda Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Toshkent oliy harbiy texnik bilim yurtini “Jazoni oʼtash rejimini tashkil etish (yurisprudentsiya)” mutaxassisligi boʼyicha tamomlagan.
Xizmat faoliyatini 2007 yilning iyulь oyidan Toshkent viloyati IIB Huquqbuzarliklarni oldini olish boʼlimi militsiya tayanch punktlarining profilaktika inspektori lavozimidan boshlagan.
Keyinchalik, Toshkent viloyati IIB huzuridagi Qoʼriqlash boshqarmasi shaxsiy tarkib bilan ishlash boʼlimi inspektori, katta inspektori, Kasbiy va jangovar tayyorgarlik guruhi katta inspektori, Аlohida militsiya batalьoni komandiri oʼrinbosari, Boʼstonliq tumani IIB Qoʼriqlash boʼlimi boshligʼi lavozimlarida xizmat qilgan.
2021 yilning noyabrь oyigacha Milliy gvardiya Toshkent viloyati qoʼriqlash boshqarmasi Boʼstonliq tuman qoʼriqlash boʼlimi boshligʼi lavozimida, 2021 yilning noyabr oyidan Milliy gvardiya Toshkent viloyati Qoʼriqlash boshqarmasi boshligʼining yoshlar bilan ishlash masalalari boʼyicha oʼrinbosari lavozimida xizmat faoliyatini davom ettirgan.
2022 yilning oktyabrь oyidan Milliy gvardiya Qoʼriqlash bosh boshqarmasi boshligʼining yoshlar bilan ishlash masalalari boʼyicha oʼrinbosari lavozimida xizmat qilib kelmoqda.
Xizmat faoliyati davomida namunali xizmatlari uchun rahbariyat tomonidan bir necha bor mukofotlangan.
Oilali, 3 nafar farzandi bor.

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qoʻriqlash departamenti boshlig‘ining moliya va moddiy ta’minot bo‘yicha o‘rinbosari

Inogamov Baxodir Qudratjanovich

Fuqarolarni qabul qilish juma, soat 08:00 dan 11:00 gacha

     Podpolkovnik Inogamov Baxodir Qudratjonovich, 1979 yilning 12 iyun kunida Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma'lumoti oliy, 2001 yilda Toshkent Davlat Iqtisodiyot universitetini “Xalqaro iqtisodiy munosabatlar” yo‘nalishi bo‘yicha, 2003 yilda “Xalqaro valyuta-kredit munosabatlar” yo‘nalishi bo‘yicha magistraturani tamomlagan.

     Mustaqil mehnat faoliyatini 2003 yilning yanvar oyidan Toshkent viloyati Xokimligi Moliya boshqarmasida 1-toifali iqtisodchi lavozimidan boshlagan. 2004 yil yanvar oyidan Toshkent viloyati Toshkent tumani Xokimligi moliya bo‘limi mudiri o‘rinbosari–byudjet inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan. 2006 yil fevral oyida Toshkent tumani statistika bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan va ushbu lavozimda 2008 yil iyul' oyiga qadar ishlagan.

     Xizmat faoliyatini 2008 yilning iyul oyidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi “Qo‘riqlash” Respublika birlashmasi moliya-iqtisod bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari – bosh buxgalter lavozimida boshlagan.

     Keyinchalik, 2019 yilning mart oyidan Milliy gvardiya Qo‘riqlash bosh boshqarmasi moliya-iqtisod bo‘limi boshlig‘i lavozimida davom ettirgan.

     2021 yilning mart oyidan Milliy gvardiya Qo‘riqlash bosh boshqarmasi boshlig‘ining moliya va moddiy ta'minot bo‘yicha o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.

     2021 yilning sentyabr oyidan ushbu lavozimga tasdiqlangan.

     Xizmat faoliyati davomida namunali xizmatlari uchun rahbariyat tomonidan bir necha bor rag‘batlantirilgan.

     Oilali, 3 nafar farzandi bor.

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qoʻriqlash departamenti boshligʻining yoshlar bilan ishlash masalalari boʻyicha oʻrinbosari

O‘rinboyev Mahmudjon Bahodirovich

Fuqarolarni qabul qilish seshanba, soat 08:00 dan 11:00 gacha