Yangiliklar

12 Iyun 2025

Muntazam ravishda qon topshirish aksiyalari tashkil etib kelinmoqda

Aholi orasida begʻaraz donorlik gʻoyasini targʻib qilish, insonparvarlik va hamdardlik fazilatlarini yuksaltirish maqsadida Fargʻona viloyatida muntazam ravishda qon topshirish aksiyalari tashkil etib kelinmoqda.

Shu maqsadda tashkil etilgan navbatdagi xayrli tadbir — “Bor mehrimiz senga, bolajon” shiori ostida oʻtkazildi. Unda Fargʻona viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi shaxsiy tarkibi ham faol ishtirok etib, oʻz ixtiyori bilan donorlik qilish orqali ehtiyojmand bemorlarga, ayniqsa onkologik xastaliklar bilan kurashayotgan bolajonlarga hayot baqsh etishdilar.

Mazkur qon topshirish aksiyasi Fargʻona viloyat qon quyish stansiyasi mutaxassislari va Qoʻriqlash boshqarmasi hamkorligida tashkil etildi. Ushbu xayrli tashabbus nafaqat shifo kutayotgan bemorlarga umid bagʻishlash, balki jamiyatda insonparvarlik va begʻaraz yordam koʻrsatish tuygʻusini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.