Fargʻona viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi xodimlari bilan “Tajribasiz haydovchi – xavf-xatar manbai” mavzusida profilaktik tadbirlar oʻtkazildi
Fargʻona shahar Qoʻriqlash boʻlimi hamda shahar Yoʻl harakati xavfsizligi boʻlimi masʼullari bilan hamkorlikda qoʻriqlash xizmati xodimlari oʻrtasida davra suhbati oʻtkazildi.
Tadbir doirasida mutaxassislar tomonidan yoʻl harakati qoidalariga yaqinda kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar, harakat davomida diqqat qaratilishi lozim boʻlgan asosiy jihatlar, yoʻl-transport hodisalariga olib keluvchi omillar va ularni bartaraf etish usullari keng muhokama qilindi.
Shuningdek, harakat ishtirokchilarining xavfsizligini taʼminlash maqsadida belgilangan tezlikka rioya qilish, spirtli ichimlik isteʼmol qilgan holda transport boshqarmaslik, texnik nosozlikka ega vositalardan foydalanmaslik hamda hushyorlikni saqlash kabi muhim masalalarga urgʻu berildi. Yigʻilish qatnashchilari tomonidan bildirilgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.