Rahbar va yosh avlod oʻrtasidagi muloqot — ishonch koʻprigidir
Bugun Buxoro viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi tomonidan yangi ishga qabul qilingan yosh xodimlar bilan navbatdagi “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi. Tadbirda boshqarma rahbariyati, faol yoshlar, soha vakillari hamda mutaxassislar ishtirok etdilar.
Uchrashuvdan asosiy maqsad — yosh kadrlar bilan ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, ularning fikr va takliflarini eshitish, mavjud muammolarni bevosita rahbar ishtirokida muhokama qilishdan iborat boʻldi.
Tadbir davomida quyidagi mavzular atrofida fikr almashildi:
– kasbiy oʻsish va malaka oshirish imkoniyatlari;
– qoʻriqlash tizimida yoshlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar;
– intizom, xizmat madaniyati va yangicha yondashuvlar;
– raqamlashtirish va texnologik yangiliklar.
Tadbirda yoshlar faol ishtirok etib, oʻz fikr-mulohazalarini bildirdilar, taklif va tashabbuslarini ilgari surdilar. Boshqarma rahbari esa har bir murojaatga alohida eʼtibor bilan yondashib, joyida yechim topish boʻyicha tegishli topshiriqlar berildi.