Xodimlar "Men donorman" shiori ostidagi navbatdagi xayriya qon topshirish aksiyasida faol ishtirok etishdi
Namangan viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi xodimlari "Men donorman" shiori ostidagi xayriya qon topshirish aksiyasida qatnashishdi.
Bemor qalblarga yordam koʻrsatish maqsadida ishtirok etayotgan xodimlar bu kabi tadbirlarda mana necha yildirki muntazam ravishda oʻzining beminnat xizmatlarini koʻrsatib kelishmoqda.
Mazkur xayriya aksiyasi nafaqat savobli ishlar yoʻlidagi ezgu amallardan biri balki, qon berib borish xodimlar salomatligini yanada mustahkamlashga, har bir bemorning shifo topishi, hayotga boʻlgan umidini oshirishga xizmat qiladi.
Bundan tashqari, Toshkent mintaqaviy oʻquv markazi shaxsiy tarkibi ham bu kabi aksiyada ishtirok etdi.
Respublika qon quyish markazida tashkil etilgan mazkur tadbir davomida ishtirokchilar qon topshirish tadbirida oʻz jonbozliklari bilan ishtirok etib, bugungi kunda oʻz dardiga shifo kutib, intizor yotgan bemorlarning sogʻayishiga oʻz hissalarini qoʻshdilar.