Yangiliklar

6 Iyun 2025

"Ipak va ziravorlar" xalqaro festivalida fuqarolar xavfsizligi va jamoat tartibi taʼminlanmoqda

Buxoro shahrida anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinayotgan "Ipak va ziravorlar" xalqaro festivali davomida ichki ishlar organlari xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalar bilan hamkorlikda yuqori tashkiliy saviyada xizmat olib bormoqda.

Bu borada festival ishtirokchilari va mehmonlarining xavfsizligini taʼminlash, jamoat tartibini saqlash, tadbir oʻtkaziladigan hududda yoʻl harakati xavfsizligini nazorat qilish, jumladan, toʻxtash joylarini tartibga solish va yoʻl harakati qoidalariga rioya etilishini nazorat qilishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Xodimlarning saʼy-harakatlari bilan yuqori standartlariga mos keladigan tadbir tinch va tartibli muhitda oʻtmoqda.