Yangiliklar

13 Iyun 2025

Xodimlar jahon operasi durdonasini tomosha qildilar

Toshkent shahar Qoʻriqlash boshqarmasi tomonidan xodimlarni maʼnaviy-maʼrifiy yuksaltirish, ularni milliy va jahon sanʼati namunalaridan bahramand etish maqsadida Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik Katta teatrga tashrif uyushtirildi.

Mazkur tashrif doirasida xodimlar jahon bastakorlik sanʼatining yorqin namoyandalaridan biri, mashhur italyan kompozitori Juzeppe Verdining “Traviata” nomli operasini tomosha qildilar.

Ushbu opera sanʼat ixlosmandlari uchun chinakam badiiy hodisadan bahramand boʻlib, unda klassik musiqaning sehrli ohanglari, mahoratli ijrochilarning badiiy chiqishlari va teatr muhitining betakror goʻzalligi uygʻunlashdi. Tadbir ishtirokchilari spektakl mobaynida chuqur estetik zavq oldilar va opera sanʼatining nozik jihatlari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega boʻldilar.

Tashrif yakunida xodimlar ushbu madaniy tadbirni yuqori baholab, bunday tashabbuslarning xodimlar maʼnaviy dunyosini boyitish, jamoada sogʻlom muhit yaratish va yuksak madaniyatni shakllantirishdagi ahamiyatini alohida taʼkidladilar.