Hududlarda ona-Vatanga mehr-muhabbat tuygʻusida tarbiyalash, yoshlarni jamiyatda munosib oʻrnini egallashi va kasbga yoʻnaltirish maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Insonni milliy qadriyatlarga, boy tariximizga hurmat ruhida tarbiyalashda muzeylarning alohida oʻrni bor.
Joriy yilning 14 aprel kuni Jizzax viloyati Aydar-Arnasoy koʻli hududida xizmat qilayotgan Qoʻriqlash-patrullik xizmati xodimlari nazorat tadbirlari davomida nomaʼlum fuqarolar tomonidan noqonuniy baliq ovlanayotganligi aniqlanib qoʻlga olinadi.
Samarqand viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi psixolog-mutaxassislari tomonidan Samarqand shahar "Qoʻriqlash" boʻlimida xizmat olib borayotgan xodimlari ishtirokida navbatdagi psixologik trening tashkil etildi.
Oʻquvchi yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda Qurolli Kuchlarimizga hurmat tuygʻularini yanada mustahkamlash maqsadida Andijon tumani 15 umumtaʼlim maktabi oʻquvchilari ishtirokida harbiy-vatanparvarlik tadbiri oʻtkazildi.
Milliy gvardiya Fargʻona viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda “Qoʻriqlash” boshqarmasi tashabbusi bilan Fargʻona shahrida “Sogʻlom hayot uchun” shiori ostida 10 kilometrga yugurish marafoni oʻtkazildi.
Kuni kecha Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi va "Qoʻriqlash" boshqarmasining harbiy xizmatchi va xodimlari hamda ularning oila aʼzolari uchun Guliston davlat universiteti Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyiga sayohat uyushtirildi.
Kuni kecha Surxondaryo viloyatining Angor tumanidagi 1 va 9 sonli umumtaʼlim maktablarida "Yosh gvardiyachilar" harbiy-vatanparvarlik sinflarining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda tuman hokimligi, Milliy gvardiya va "Qoʻriqlash" boshqarmalari rahbariyati, Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi masʼullari, mahalla faollari, nuroniylar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.