Yangiliklar

17 Aprel 2024

VATAN HIMOYASI – MUQADDAS BURCH

Hududlarda ona-Vatanga mehr-muhabbat tuygʻusida tarbiyalash, yoshlarni jamiyatda munosib oʻrnini egallashi va kasbga yoʻnaltirish maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda. Ana shunday tizimli ishlardan biri Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanida joylashgan ixtisoslashtirilgan maktablarning birida Oqoltin tuman "Qoʻriqlash" boʻlimi tashabbusi bilan Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʻmaklashuvchi "Vatanparvar" tashkiloti va tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi bilan hamkorlikda harbiy-vatanparvarlik tadbiri boʻlib oʻtdi.
Tadbir doirasida oʻquvchi yoshlar ishtirokida davra suhbati tashkil etilib, sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar, ishga va oʻqishga kirish xususida soʻz yuritilib, soha boʻyicha bir qancha videoroliklar namoyish etildi. Tadbir davomida yoshlar Milliy gvardiya xodimlari xizmat vaqtida foydalaniladigan anjom-aslahalar va maxsus vositalar bilan tanishish imkoniyatiga ega boʻlishdi. Shundan soʻng yoshlar ishtirokida sportning kamondan otish turi boʻyicha mahorat darsi ham tashkil etildi.