Yangiliklar

15 Aprel 2024

MAKTAB OʻQUVCHILARI ISHTIROKIDA HARBIY-VATANPARVARLIK TADBIRI OʻTKAZILDI

Oʻquvchi yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda Qurolli Kuchlarimizga hurmat tuygʻularini yanada mustahkamlash maqsadida Andijon tumani 15 umumtaʼlim maktabi oʻquvchilari ishtirokida harbiy-vatanparvarlik tadbiri oʻtkazildi.
Milliy gvardiya tashabbusi bilan hamda masʼul tashkilotlar bilan hamkorlikda oʻtkazilgan mazkur tadbirda xodimlar tomonidan foydalanilib kelinayotgan harbiy texnikalar, qurol va aslahalar koʻrgazmasi, kinologlarning koʻrgazmali chiqishlari namoyish etildi. Shuningdek, vatanni tarannum etuvchi kuy-qoʻshiqlar tadbirga oʻzgacha shukuh bagʻishladi.
Harbiy-vatanparvarlik tadbiri doirasida jahon va oʻzbek namoyandalarining ajoyib asarlari jamlangan kitob yarmarkasi tashkil etilib, oʻquvchilar ushbu yarmarka orqali oʻzlari uchun zarur boʻlgan kitoblar jamlanmasini olish imkoniyatiga ega boʻldilar. Shuningdek, oʻquvchi yoshlarni sportga qiziqishlarini oshirish maqsadida arqon tortish, tosh koʻtarish, shaxmat-shashka boʻyicha musobaqalar oʻtkazilib, gʻolib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan taqdirlandi.