Yangiliklar

16 Aprel 2024

Hududlarda noqonuniy ravishda baliq ovlayotgan fuqarolar Qoʻriqlash xodimlari tomonidan qoʻlga olindi.

Joriy yilning 14 aprel kuni Jizzax viloyati Aydar-Arnasoy koʻli hududida xizmat qilayotgan Qoʻriqlash-patrullik xizmati xodimlari nazorat tadbirlari davomida nomaʼlum fuqarolar tomonidan noqonuniy baliq ovlanayotganligi aniqlanib qoʻlga olinadi.
Surishtiruv davomida ushbu shaxslar, Arnasoy tumani, Tinchlik MFY da istiqomat qiluvchi M.A. hamda Mirzachoʻl tumani Gulzor QFY da istiqomat qiluvchi T.L. ekanligi, ularning yonida umumiy 25 kilogrammlik baliq mahsulotlari hamda ovlash uchun maxsus toʻr va qarmoq mavjudligi aniqlanadi.
Holat yuzasidan xodimlar tomonidan MJtK ning 90 moddasi 2 qismi bilan hujjatlar rasmiylashtirilib, koʻrib chiqish uchun Zafarobod tumani Jinoyat ishlari boʻyicha sudga joʻnatildi.
Shuningdek, Respublikaning boshqa hududlarida ham yuqoridagiga oʻxshash noqonuniy baliq ovlashlar oldi olinmoqda.
Jumladan, Navoiy viloyati “Toʻda koʻl” suv havzasida fuqaro I.Z., Xorazm viloyati Tuproqqalʼa tumani Amudaryo qirgʻogʻida fuqaro J.X., Namangan viloyati Radivon MFYda joylashgan “Eski yer suv ombori”da fuqaro A.T., Fargʻona viloyati Yozyovon tumanida joylashgan “Markaziy Fargʻona suv ombori” da fuqaro U.U. lar noqonuniy ravishda baliq ovlayotgan vaqtda Qoʻriqlash xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlanib, MJtK ning 90 moddasi bilan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi hamda 3 400 000 soʻm miqdorda jarima qoʻllanildi.