"QOʻRIQLASH" XIZMATI XODIMLARI QATAGʻON QURBONLARI XOTIRASI MUZEYIGA TASHRIF BUYURISHDI
Insonni milliy qadriyatlarga, boy tariximizga hurmat ruhida tarbiyalashda muzeylarning alohida oʻrni bor. Milliy madaniyatimiz, boy tarixiy meroslarimizni oʻrganish maqsadida bugun Navoiy viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari Pedagogika instituti qoshidagi Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyiga sayohat qilishdi. Sayohat davomida xodimlar vatanimiz ozodligi va erkinligi yoʻlida qurbon boʻlgan xalqimizning suyukli farzandlari, ularning biz yosh avlodga qoldirgan boy maʼnaviy merosi haqida barcha maʼlumotlarga ega boʻldilar. Albatta, mazkur maskanga tashrifdan xodimlarimiz qatagʻon etilgan vatandoshlarimiz xotirasini abadiylashtirish borasida soʻngi yillarda amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga ega boʻlish bilan birga ularning ijodi va jasoratini oʻrganishdi.