FARGʻONA SHAHRIDA MILLIY GVARDIYA TASHABBUSI BILAN YUGURISH MARAFONI OʻTKAZILDI
Milliy gvardiya Fargʻona viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda “Qoʻriqlash” boshqarmasi tashabbusi bilan Fargʻona shahrida “Sogʻlom hayot uchun” shiori ostida 10 kilometrga yugurish marafoni oʻtkazildi.
Marafonda Milliy gvardiya hamda "Qoʻriqlash" boshqarmasi harbiy xizmatchi va xodimlari, ularning oila aʼzolari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Kurashlarga boy tarzda oʻtgan marafonda ishtirokchilar yugurish davomida marraga birinchilardan boʻlib yetish maqsadida shiddat bilan harakat qilishdi. Musobaqaning yakuniy natijalariga erkaklar va ayollar oʻrtasida, shuningdek, “Eng yosh ishtirokchi”, “Eng faol ishtirokchi”, “Eng yoshi katta ishtirokchi” nominatsiyalari boʻyicha ham gʻoliblar aniqlandi.
Gʻolib va sovrindorlar Milliy gvardiya rahbariyati tomonidan diplom, medal hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.