Yangiliklar

15 Aprel 2024

XODIMLAR ISHTIROKIDA NAVBATDAGI PSIXOLOGIK TRENING TASHKIL ETILDI

Samarqand viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi psixolog-mutaxassislari tomonidan Samarqand shahar "Qoʻriqlash" boʻlimida xizmat olib borayotgan xodimlari ishtirokida navbatdagi psixologik trening tashkil etildi.
Milliy gvardiya xodimlarining kasbiy faoliyatida shaxsning jamoaga, xizmat va oddiy hayot tarzidan farq qiluvchi qatʼiy kun tartibi va shaxslararo munosabatlarga kirishish va moslashish alohida oʻrin tutadi.
Turli xil sharoitlarga moslashish va koʻnikma hosil qilish, xodimlarning xizmat faoliyati davomida kasbiy mahoratini oshirish, oldinga qoʻyilgan vazifalarni yakdil, tez, osonroq bajarishda ushbu trening mashqlarining ahamiyati katta. Har xil psixologik toʻsiqlarni bartaraf etishga qaratilgan trening mashgʻulotlari xodimlarga ularning hayoti va faoliyatida, oilasida, doʻstlari davrasida yuzaga keladigan qiyinchiliklar va ziddiyatlarning mohiyatini tahlil qilish va hal etish, oʻz oldiga yangi maqsadlarni qoʻyish va mustaqil qarorlar qabul qilishda muayyan yordam koʻrsatishdan iborat ekanligini koʻrishimiz mumkin.