Yangiliklar

13 Aprel 2024

"YOSH GVARDIYACHILAR" SINFLARI VATANPARVAR YOSHLARNI TARBIYALASHGA XIZMAT QILADI

Kuni kecha Surxondaryo viloyatining Angor tumanidagi 1 va 9 sonli umumtaʼlim maktablarida "Yosh gvardiyachilar" harbiy-vatanparvarlik sinflarining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda tuman hokimligi, Milliy gvardiya va "Qoʻriqlash" boshqarmalari rahbariyati, Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi masʼullari, mahalla faollari, nuroniylar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
Tadbir doirasida harbiylarning koʻrgazmali chiqishlari, oʻquvchilarning kuy-qoʻshiq va raqslari ijro etildi. Mehmonlar "Yosh gvardiyachilar" sinfi bilan yaqindan tanishib, oʻquvchilar uchun ilk jasorat darslari tashkil etildi.