Yangiliklar

15 Aprel 2024

HARBIY XIZMATCHI VA XODIMLARINING OILA AʼZOLARI UCHUN MUZEYGA SAYOHAT UYUSHTIRILDI

Kuni kecha Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi va "Qoʻriqlash" boshqarmasining harbiy xizmatchi va xodimlari hamda ularning oila aʼzolari uchun Guliston davlat universiteti Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyiga sayohat uyushtirildi. Bu muzey el-yurtimiz ozodligi, erkinligi va mustaqilligi uchun olib borilgan koʻp yillik mashaqqatli kurashlarni haqqoniy va toʻlaqonli aks ettirish, mustabid tuzum davridagi ommaviy qatagʻonlar tufayli qurbon boʻlgan, insoniylik shaʼni, qadr-qimmati toptalgan vatandoshlarimizning xotirasini abadiylashtirish, yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, istiqlol gʻoyalariga sadoqat tuygʻularini singdirish maqsadida 2019 yil 1 fevraldan oʻz faoliyatini boshlagan. Harbiy xizmatchi va xodimlarning oila aʼzolari bu yerda qatagʻon qurbonlari haqidagi hamda arxiv hujjatlari, fotosuratlar, ashyoviy buyumlar, kitoblar, videomateriallar bilan koʻplab maʼlumotlarga ega boʻlishdi.