Kuni kecha Boʻstonliq tumanidagi “Yoshlar oromgohida” Toshkent viloyatining 22 ta tuman-shaharlar yoshlari uchun bir haftalik “Vatanparvarlar” tarbiya va sport-sogʻlomlashtirish loyihasi tashkil etildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan Toshkent shahar "Qoʻriqlash" boshqarmasida “Muqaddasdir Vatan bayrogʻi!” shiori ostida ma‘naviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.
Kuni kecha Termiz shahridagi "Amudaryo" bolalar sogʻlomlashtirish oromgohida viloyat hududidagi mahallalarda istiqomat qiluvchi Milliy gvardiyaga biriktirilgan "qizil" toifaga kiritilgan yoshlar hamda havaskorlar oʻrtasida Milliy gvardiya kubogi musobaqasi boʻlib oʻtdi.
Qadimdan ota-bobolarimiz insondan hamisha yaxshilik va yaxshi fazilatlar qoladi deb barchamizga tarbiya berib ulgʻaytirishgan. Yaxshilik va savob ishni katta-kichigi boʻlmaydi.
Barchamizga maʼlumki, huquqni muhofaza qiluvchi organ tizimlarida intizom buzilish holatlarini oldini olish galdagi ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Kuni kecha Xorazm viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasida Milliy gvardiya markaziy devoni va "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi masʼul xodimlari ishtirokida barcha shaxsiy tarkib bilan videoselektor tarzida xizmat intizomi va qonunchilik yuzasidan uchrashuv oʻtkazildi.
Kuni kecha Milliy gvardiya Andijon viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari hamda oʻquvchi yoshlar uchun Andijon viloyati tarixi va madaniyati muzeyiga sayohat tashkil etildi.
Kuni kecha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni oʻrinbosari reja topshirigʻiga asosan "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari polkovnik Z.I.Boʻronov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Qashqadaryo viloyati viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi shahar va tuman "Qoʻriqlash" boʻlimlari shaxsiy tarkibi ishtirokida xizmat intizomini mustahkamlash, huquqbuzarliklarni oldini olish hamda tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar holatlarini oʻrganish boʻyicha navbatdagi uchrashuv oʻtkazildi.
Kuni kecha Xorazm viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi Yangiariq va Shovot tumanlar "Qoʻriqlash" boʻlimlari xodimlari uchun “Tinchlik – eng oliy qadriyat” mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.