MUQADDASDIR VATAN BAYROGʻI!
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan Toshkent shahar "Qoʻriqlash" boshqarmasida “Muqaddasdir Vatan bayrogʻi!” shiori ostida ma‘naviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.
Tadbirda Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari hamda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist Q.Karimbekov ishtirok etib, davlatimiz bayrogʻi qabul qilinish tarixi va uning bugungi kundagi ahamiyati xususida maʼruza qilishdi.
Shuningdek, bayrogʻimiz xalqimizning oʻtmishi, buguni va kelajagini oʻzida mujassam etgan tinch va osoyishta, ozod hamda farovon hayotimiz, yorugʻ-kelajagimiz timsoli ekanligini alohida taʼkidlab oʻtishdi.
"Qoʻriqlash" xizmati xodimlari ishtirokida tashkil etilgan madaniy-maʼrifiy tadbirda "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi ansambli tomonidan yurtimiz tinchligini tarannum etuvchi kuy-qoʻshiqlari ijro etildi.