“TINCHLIK – ENG OLIY QADRIYAT” MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI
"Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi tizimlarida xizmat qilib kelayotgan xodimlarning nazariy va amaliy bilimlarini mustahkamlash borasida bir qator tadbirlar, oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazib kelinmoqda. Jumladan, kuni kecha Xorazm viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi Yangiariq va Shovot tumanlar "Qoʻriqlash" boʻlimlari xodimlari uchun “Tinchlik – eng oliy qadriyat” mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.
Mutaxassislar tomonidan oʻtgan davr va hozirgi kundagi yaratilgan shart-sharoitlar haqida soʻz yuritilib, tinchlikning qadriga yetish, uni asrab avaylash va shu asnoda zamin koriga yaraydigan sadoqatli farzand boʻlib yetishish zarur ekanligi alohida taʼkidlandi.
Shu bilan birga yer yuzida boʻlayotgan geosiyosiy mojarolar tahlil qilinib, xar bir xatti-harakatimiz va oldimizga qoʻygan maqsadimiz davlatimiz hamda oilamiz ravnaqi uchun xizmat qilishi kerakligi tushuntirib oʻtildi.
Shuningdek, tadbirning ikkinchi qismida mamlakatimizda obyektlar xavfsizligi, tinchlik va barqarorlikni taʼminlash, huquq-tartibot hamda qonuniylikni mustahkamlash borasidagi koʻp yillik samarali mehnati, xizmat vazifalarini bajarishdagi fidoyiligi, yosh avlodni ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashda munosib hissa qoʻshib kelayotganligi uchun Yangiariq tuman "Qoʻriqlash" boʻlimi safdor xodimi kichik serjant Raximov Asrorbek Baxramovichga “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining fidoyi xodimi” koʻkrak nishoni va bir guruh xodimlarga navbatdagi maxsus unvonlar safdoshlari guvohligida tantanali topshirildi.