Yangiliklar

19 Noyabr 2023

“VATANPARVARLAR” TARBIYA VA SPORT-SOGʻLOMLASHTIRISH LOYIHASI TASHKIL ETILDI

Kuni kecha Boʻstonliq tumanidagi “Yoshlar oromgohida” Toshkent viloyatining 22 ta tuman-shaharlar yoshlari uchun bir haftalik “Vatanparvarlar” tarbiya va sport-sogʻlomlashtirish loyihasi tashkil etildi.
Ushbu loyiha doirasida 7 kunga moʻljallangan kunlik dastur ishlab chiqilgan boʻlib, dastur doirasida Toshkent viloyati hokimligi, Yoshlar ishlari Toshkent viloyati boshqarmasi, viloyat IIBB, "Qoʻriqlash" boshqarmasi, Mudofaa ishlari boshqarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi bilan hamkorlikda bir qancha tadbirlar amalga oshirildi.
Xususan, Milliy Gvardiya xodimlari tomonidan yoshlar uchun “Jasorat darsi” mashgʻulotlari oʻtkazilib, ular bilan ochiq muloqotlar tashkil etildi. Mazkur uchrashuvga Milliy Gvardiya "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi Faxriylar kengashi raisi zaxiradagi polkovnik O.D.Azimov ham taklif etildi. Uchrashuv va suhbat jarayonida yoshlar tomonidan berilgan hayotiy savollarga O.Azimov oʻzining hayotiy tajribasidan kelib chiqib misollar bilan javob berdi. Suhbat jarayoni yoshlarda katta taassurot qoldirdi. Shuningdek, yoshlarni sogʻlom ruhda tarbiyalash hamda sportga keng jalb qilish maqsadida oʻgʻil-qizlar oʻrtasida kamondan otish turi boʻyicha musobaqa tashkil etildi.