Yangiliklar

16 Noyabr 2023

OʻTGAN DAVR SARHISOBI HAMDA KELGUSI REJALAR BELGILAB OLINDI

Barchamizga maʼlumki, huquqni muhofaza qiluvchi organ tizimlarida intizom buzilish holatlarini oldini olish galdagi ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Kuni kecha Xorazm viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasida Milliy gvardiya markaziy devoni va "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi masʼul xodimlari ishtirokida barcha shaxsiy tarkib bilan videoselektor tarzida xizmat intizomi va qonunchilik yuzasidan uchrashuv oʻtkazildi.
Tadbirda dastlab bugungi kundagi qonunchilikdagi oʻzgarishlar hamda sohaga kirib kelayotgan yangiliklar xususida maʼlumotlar berilib, shaxsiy tarkib tomonidan belgilangan talablar asosida xizmatni tashkillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar berib oʻtildi.
Shuningdek, bugungi kunda xodimlar tomonidan yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklar, ushbu kamchiliklarni keltirib chiqaruvchi omillarga toʻxtalib, mazkur salbiy holatlarni oldini olish uchun qaysi jihatlarga eʼtibor qaratish zarurligi taʼkidlab oʻtildi. Shu bilan birga Milliy gvardiya xodimining namunali obrazini shakllantirish uchun barcha boʻgʻindagi rahbarlar birdek javobgar ekanligiga alohida eʼtibor qaratildi.