Yangiliklar

14 Noyabr 2023

XIZMAT INTIZOMINI MUSTAHKAMLASH HAMDA TARBIYAVIY VA MAFKURAVIY ISHLAR HOLATLARINI OʻRGANISH BOʻYICHA NAVBATDAGI UCHRASHUV

Kuni kecha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni oʻrinbosari reja topshirigʻiga asosan "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari polkovnik Z.I.Boʻronov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Qashqadaryo viloyati viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi shahar va tuman "Qoʻriqlash" boʻlimlari shaxsiy tarkibi ishtirokida xizmat intizomini mustahkamlash, huquqbuzarliklarni oldini olish hamda tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar holatlarini oʻrganish boʻyicha navbatdagi uchrashuv oʻtkazildi.

Unda xodimlar oʻrtasida esa xizmat intizomini mustahkamlash, ularning muammolarini oʻrganish hamda qonunchilikdagi oʻzgarish va yangiliklardan ularni oʻz vaqtida xabardor qilish masalalari koʻrib chiqildi.

Tadbir yakunida xodimlarning xizmat sifatini yanada oshirish, ijrochilik intizomi, shaxsiy xavfsizlik qoidalariga qatʼiy rioya etish boʻyicha tegishli vazifalar berildi.