Yangiliklar

15 Noyabr 2023

MUZEYGA SAYOHAT - MOZIYGA SAYOHATDIR

Kuni kecha Milliy gvardiya Andijon viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari hamda oʻquvchi yoshlar uchun Andijon viloyati tarixi va madaniyati muzeyiga sayohat tashkil etildi.

Oʻtkazilgan tashrifdan asosiy maqsad – milliyligimiz va oʻzligimizni anglab yetish, qadimiy va boy tariximiz va adiblarimizning bosib oʻtgan shonli yoʻllari, tarixning jonli xilqatlari haqida soʻzlovchi eksponatlar va hunarmandchilik qoʻl mehnatlari orqali yaratilgan sanʼat asarlari va durdonalari bilan tanishdilar.

Taʼkidlash joizki bu kabi sayohatlar davomida ayniqsa yoshlarimiz yurtimiz tarixini yanada chuqurroq oʻrganishlariga, tariximiz naqadar oʻzoq oʻtmishga borib taqalashini anglashlariga koʻmaklashishi bilan ahamiyatlidir.