EZGU ISHNI HAR KUNI HAR KIM QILISH KERAK!
Qadimdan ota-bobolarimiz insondan hamisha yaxshilik va yaxshi fazilatlar qoladi deb barchamizga tarbiya berib ulgʻaytirishgan. Yaxshilik va savob ishni katta-kichigi boʻlmaydi.
Kimdir bizlardan ozgina boʻlsa ham yaxshilik koʻrsa, buning ajri albatta qaytadi.
Milliy gvardiya Fargʻona viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari ham ana shunday savobli ishga qoʻl urishdi. Kuni kecha Fargʻona shahar qon quyish markazida “Men donorman” xayriya aksiyasida ishtirok etishdi. Donorlik nafaqat qon oluvchi, balki qon beruvchining salomatligi uchun ham foydali hisoblanadi. Donor oʻnlab insonlarga umid va salomatlik ulashadi. Shu sababli donor uning qoni quyiladigan bemorlar orasida koʻpgina bolalar va ayollar borligini unutmasligi kerak.