Yangiliklar

17 Fevral 2024
Batafsil
OLIS HUDUDLARDAGI VATANPARVARLIK TADBIRLARI

Yoshlarni milliy gʻoya va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash hamda ularning boʻsh vaqtlari mazmunli tashkil etish maqsadida harbiy-vatanparvarlik va sport tadbirlari oʻtkazildi

17 Fevral 2024
Batafsil
ENG CHAQQON VA FAOL XODIMLAR MUSOBAQALARDA GʻOLIB BOʻLISHDI

Milliy gvardiya tizimlarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchi va xodimlari orasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, ularni olimpik sport turlariga qiziqishlarini oshirish hamda professional sportchilarni saralab olish maqsadida Samarqand shahridagi "Badminton" sport majmuasida sportning stol tennis turi boʻyicha Milliy gvardiya birinchiligi musobaqasi boʻlib oʻtdi.

16 Fevral 2024
Batafsil
OʻQITUVCHILAR XIZMATLARI EʼTIROF ETIB KELINMOQDA

Respublikamiz boʻylab barcha taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini yaxshilash, oʻquvchilarning sababsiz dars qoldirishlarining sabablarini oʻrganish va ota-ona hamkorligini yoʻlga qoʻyish maqsadida Milliy gvardiya xodimlari hamda masʼul idoralardan iborat ishchi guruhlar oʻrganish ishlarini olib borishmoqda.

16 Fevral 2024
Batafsil
RUHIY BARQARORLIKNI MUSTAHKAMLASH MAQSADIDA PSIXOLOGIK TRENING TASHKIL ETILDI

Samarqand viloyati “Qoʻriqlash” boshqarmasi psixolog-mutaxassislari tomonidan doimiy ravishda shaxsiy tarkib ishtirokida psixologik trening mashgʻulotlari olib borilib, bunda xodimlar va ularning oila aʼzolari oʻrtasida, sogʻlom, maʼnaviy-ruhiy muhitni kamol toptirish, xizmat faoliyati davomida yuzaga keladigan muammoli vaziyatlarni oʻz vaqtida bartaraf etish kabi masalalarga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

16 Fevral 2024
Batafsil
TEATR – MAʼNAVIYAT OʻCHOGʻI

"Teatr bu ibratxonadir". Bu tarif alloma Mahmudxoʻja Behbudiy tomonidan ishlatilgan boʻlib, shu qisqa jumlada bir olam maʼno bor. Haqiqatdan ham teatr har qanday davrda, doim ham hayotiy saboqlar beruvchi jonli vosita hisoblangan. Inson maʼnaviyatini yuksaltirishda teatrning alohida oʻrni bor.

15 Fevral 2024
Batafsil
JONKUYAR OʻQITUVCHILAR XIZMATLARI EʼTIROF ETILDI

Ayni kunlarda respublikamiz boʻylab “Maktab – ota-ona – mahalla” zanjirini mustahkamlash borasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan masʼul boshqarmalar bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar oʻzining ijobiy samarasini berishni boshladi. Shu bois, maktablarda yangicha yondashuv bilan faoliyat olib borayotgan fidokor va jonkuyar ustozlarning xizmatlari munosib ragʻbatlantirilmoqda.

14 Fevral 2024
Batafsil
SALOMATLIK – XIZMAT SAMARADORLIGI GAROVI!

 Bugungi kunda respublikamizning barcha tashkilot va muassasalarida xodimlar va ishchi-xizmatchilarning salomatligi hamda xavfsizligini saqlashga katta eʼtibor qaratilmoqda.

11 Fevral 2024
Batafsil
Namangan shahar Barkamol avlod mahallasida joylashgan 88-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida “Maktab – ota-ona – mahalla” hamkorligini yanada mustahkamlash boʻyicha seminar oʻtkazildi.

Dastlab seminarda maktab oʻquvchilari kasb-hunar maktablari tomonidan maktab hovlisida tashkil etilgan koʻrgazmalar, Milliy gvardiya Namangan shahar "Qoʻriqlash" boʻlimining chiqishlari, boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi, oʻgʻil-qizlar uchun maxsus kasbga oʻrgatish xonalari tashkil etilganligi bilan tanishdilar.