Yangiliklar

19 Dekabr 2024

Fargʻona viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi hamda viloyat IIB bilan hamkorlikda Fargʻona shahar hududidagi aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan "Obod va xavfsiz mahalla" tamoyili asosida targʻibot tadbirlari boʻlib oʻtdi.

Hududlarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulklarini ishonchli qoʻriqlashni taʼminlashda zamonaviy qoʻriqlash signalizatsiya uskunalaridan foydalanishni targʻib qilish maqsadida oʻtkazilgan profilaktik ishlar davomida fuqarolarga "Qoʻriqlash" xizmati afzalliklaridan foydalanish, sohaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va yaratilayotgan qulayliklar borasida tushunchalar berildi.

Oʻz obyekti yoki xonadonini "Qoʻriqlash" xizmatiga topshirmoqchi boʻlgan fuqarolar oshlik toʻlovlar miqdori, texnik vositalarga xizmat koʻrsatish tartiblari haqida ham batafsil maʼlumotlar berildi. Yakunda oʻz savdo doʻkonlarini qoʻriqqa topshirish istagini bildirgan tadbirkorlar belgilangan tartibda arizalar qabul qilindi. Shu bilan bir qatorda, koʻp qavatli uylarning kirish qismlariga "Tashvishgoh uychalari" oʻrnatildi. Bu kabi tadbirlar respublikamizning boshqa hududlarida ham oʻtkazilmoqda.