Harbiy xizmatchi va xodimlar, shuningdek, ularning oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, ularning muammolarini oʻrganish va hal etish maqsadida navbatdagi sayyor qabul oʻtkazildi
Milliy gvardiya Andijon viloyati boʻyicha boshqarmasi, viloyat "Qoʻriqlash" boshqarmasi hamda Harbiy prokuraturasi hamda hamkorligida harbiy xizmatchi va xodimlar, shuningdek, ularning oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, ularning muammolarini oʻrganish va hal etish maqsadida navbatdagi sayyor qabul oʻtkazildi.
Dastlab rahbariyat tomonidan tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida soʻz yuritilib, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yoʻlida olib borilayotgan ishlar xususida toʻxtalib oʻtildi. Shundan soʻng, xodimlar va ularning oila aʼzolari mutasaddi rahbarlarga oʻz savol va takliflari, murojaatlarini yoʻlladilar.
Tadbirda xodimlarning oila aʼzolarini ish bilan taʼminlash, ularning ijtimoiy muammolarini eshitish, farzandlarni MTM va taʼlim muassasalariga joylashtirish kabi masalalar muhokama qilindi.