Yangiliklar

21 Dekabr 2024

Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni doirasida Jizzax viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi va uning hududiy boʻlimlari xodimlari ishtirokida xizmat intizomi va qonunchilik buzilishining oldini olishga qaratilgan uchrashuv boʻlib oʻtdi

Tadbir avvalida Jizzax harbiy prokurori adliya polkovnigi SH.Xayitov tomonidan har bir xodim avvalo shaxsiy xavfsizlik qoidalariga rioya qilish, salbiy holat keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan omillardan oʻzlarini tiyish kabi mavzularda aniq misollar yordamida tushuntirish berib oʻtildi hamda xizmat intizomini mustahkamlash borasida hamkorlikdagi aniq vazifalar belgilandi.
Shuningdek, xodimlarning huquqiy bilimlarini muntazam oshirib borish, qonunchilikdagi oʻzgarishlardan ularni xabardor etish masalasiga ham eʼtibor qaratilib, yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalikni saqlash – eng oliy burch ekanligi xodimlarga yana bir bor eslatib oʻtildi.
Uchrashuvda xodimlar kiberxavfsizlik makonida sodir boʻlayotgan yangiliklar bilan tanishtirildi. Bundan tashqari, xodimlar konfidensial maʼlumotlar bilan ishlash tartibi, shaxsga oid axborot subyektlarining oʻz shaxsiy maʼlumotlarini taqdim etishni rad etishning yuridik oqibatlari haqida qimmatli maʼlumotlarga ega boʻlishdi.