Yangiliklar

18 Dekabr 2024

“Shon-sharaf” muzeyiga sayohat uyushtirildi

Buxoro viloyatida Milliy gvardiya xodimlari tomonidan Buxoro davlat universiteti talabalarining boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida "Qoʻriqlash" boshqarmasiga tashrif tashkil etildi.
Mazkur tadbir davomida yoshlar "Qoʻriqlash" xizmatida yaratilayotgan sharoitlar bilan tanishtirildi hamda ularga tizim haqida atroflicha maʼlumotlar berildi. Shundan soʻng, talabalar uchun viloyat "Qoʻriqlash" boshqarmasi "Shon-sharaf" muzeyiga ham sayohat tashkil qilinib, ularga Milliy gvardiya "Qoʻriqlash" tizimining qadimgi davlatchilik tarixi davridan boshlab, bugungi kungacha bosib oʻtgan yoʻli, jamoat xavfsizligi va xalq osoyishtaligi yoʻlida xizmat qilgan hamda xizmat burchini bajarish chogʻida mardlik namunasini koʻrsatib, halok boʻlgan fidoyi xodimlar toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi. Shuningdek, tadbir ishtirokchilari oʻtgan har bir davrning voqea-hodisalarini oʻzida mujassam etgan koʻrgazmalar, soqchi, mirshablar hamda ular foydalangan qurol-aslahalar bilan yaqindan tanishdilar.
Eʼtirof etish joizki, maʼnaviyatni yanada yuksaltirishga, bilimni boyitishga xizmat qiluvchi bu kabi tadbirlar anʼanaviy tarzda davom ettirilmoqda.