"Zakovat" intellektual bahslari o‘tkazildi
Xodimlarning intellektual salohiyatini oshirish, ularning mantiqiy fikrlash doiralarini kengaytirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Hususan, Navoiy viloyati "Qo‘riqlash" boshqarmasi hamda Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi bilan hamkorlikda "Zakovat" intellektual o‘yini tashkil etildi. Mazkur tanlovda viloyatdagi huquqni muhofaza qiluvchi organlarning jami 8 ta jamoasi ishtirok etib, g‘oliblik uchun kurash olib bordilar. Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarda 1 o‘rinni Ichki ishlar boshqarmasi, 2 o‘rinni "Qo‘riqlash" boshqarmasi hamda 3 o‘rinni Milliy gvardiya Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasi jamoalari egallashdi. G‘oliblar tashkilotchilar tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi. Mazkur tadbir, albatta, kuch tuzilmalaridagi harbiylar va xodimlar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.