Yangiliklar

25 Mart 2024
Batafsil
YOSHLARDA HARBIY-VATANPARVARLIK RUHINI OSHIRISHGA QARATILGAN TADBIR

Yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish, ular orasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish hamda vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi va "Qoʻriqlash" boshqarmasi tomonidan, shuningdek masʼul idoralar bilan hamkorlikda harbiy-vatanparvarlik hamda sport tadbirlari tashkil etildi.

24 Mart 2024
Batafsil
"Oila: ijtimoiy psixologik muammolarning oʻzaro munosabatlarga taʼsiri" mavzusida navbatdagi psixologik amaliy trening oʻtkazildi

Fargʻona viloyati “Qoʻriqlash” boshqarmasi psixolog-mutaxassislari tomonidan doimiy ravishda shaxsiy tarkib ishtirokida psixologik trening mashgʻulotlari olib borilib, bunda xodimlar va ularning oila aʼzolari oʻrtasida sogʻlom, maʼnaviy-ruhiy muhitni kamol toptirish, xizmat faoliyati davomida yuzaga keladigan muammoli vaziyatlarni oʻz vaqtida bartaraf etish kabi masalalarga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

23 Mart 2024
Batafsil
Milliy gvardiya mintaqaviy oʻquv markazlarida tinglovchilarning bitiruv va qasamyod qabul qilish marosimlari boʻlib oʻtdi

Mamlakatimizda shaxs, jamiyat va davlatga tegishli obyektlarni, jismoniy va yuridik shaxslarni mol-mulklarini ishonchli qӯriqlashni takomillashtirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida xodimlarning kasbiy mahoratlari oshirilib kelinmoqda.

23 Mart 2024
Batafsil
KUNDALIK XIZMATNI SIFATLI VA SAMARALI TASHKIL ETISHDA INTIZOM VA TARTIB MUHIM

Kuni kecha Denov tumanida Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasining Denov, Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy va Shoʻrchi tumanlari "Qoʻriqlash" boʻlimlari xodimlari ishtirokida, sohada xizmat intizomini mustahkamlash, qonun ustuvorligini taʼminlash masalalariga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

22 Mart 2024
Batafsil
TERMIZDA YOSHLAR OʻRTASIDA STOL TENNISI MUSOBAQASI TASHKIL ETILDI

Keyingi yillarda yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirishga, aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini keng targʻib etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Buning natijasida aholi, ayniqsa yoshlarimiz oʻzlari xush koʻrgan sport turlari bilan shugʻullanish orqali har tomonlama sogʻlom boʻlib kamol topmoqda.

22 Mart 2024
Batafsil
Toshkent shahar “Qoʻriqlash” boshqarmasida ezgulik va yasharish fasli boʻlmish Navroʻz bayrami keng nishonlandi

Tadbirda sumalak sayli tashkil etilib, milliy liboslar koʻrgazmasi namoyish etildi. "Qoʻriqlash" boshqarmasining xodimalari oʻrtasida milliy qadriyatlarni oʻzida jamlagan turli tanlovlar uyushtirildi. "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasining xushovoz xonandalari tomonidan ijro etilgan kuy-qoʻshiqlar barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.

21 Mart 2024
Batafsil
MILLIY GVARDIYA XODIMLARIGA SERTIFIKATLAR TOPSHIRILDI

Yangilanish va yasharish, mehr-muruvvat, tinchlik va ezgulik, milliy qadriyatimiz ramzi – Navroʻz ayyomi arafasida Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy oʻquv markazi tinglovchilarining navbatdagi bitiruv hamda qasamyod qilish tadbiri boʻlib oʻtdi.

19 Mart 2024
Batafsil
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tashabbusi bilan Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi hamkorligida "Yangi Oʻzbekistonning matonatli ayollari" I xalqaro forumi boʻlib oʻtdi

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tashabbusi bilan Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi hamkorligida "Yangi Oʻzbekistonning matonatli ayollari" I xalqaro forumi boʻlib oʻtdi