Yangiliklar

10 Mart 2025

Mahallalarda targʻibot tadbirlari davom etmoqda

Mahallalarda jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, obyekt va xonadonlarning ishonchli qoʻriqlovini taʼminlashda bugungi kunda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʻriqlash departamenti tomonidan koʻrsatilayotgan sifatli xizmat hamda amaliyotga keng joriy etilgan zamonaviy texnologiyalar oʻzining samarasini bermoqda. Mahallalardagi koʻp qavatli uylar, xonadonlar hamda turli maishiy va savdo obyektlarida oʻrnatilayotgan signalizatsiya vositalari, kuzatuv kameralari Qoʻriqlash xizmatining monitoring markaziga integratsiya qilinib, doimiy onlayn rejimda nazorat qilinmoqda va xavfsizlik ishonchli taʼminlanmoqda.
Mazkur chora-tadbirlar samaradorligini yanada oshirish, mahallalarda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida respublikamiz boʻylab Qoʻriqlash departamenti va uning hududiy boʻlinmalari xodimlari tomonidan hamkorligidagi targʻibot tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Navbatdagi oʻtkazilgan bu kabi tadbirlarda masʼullar oʻtgan davr mobaynida hududlarda sodir etilgan oʻgʻirlik jinoyati bilan bogʻliq holatlarga toʻxtalib, oldini olish choralarini koʻrish, hushyorlikni oshirishda Qoʻriqlash departamentining mavjud imkoniyatlaridan foydalanish xavfsizlik va xotirjamlikning kafolati ekanligi tushuntirish bilan birga, obyekt va xonadonlarga oʻrnatiladigan qoʻriqlov hamda yongʻindan ogohlantiruvchi signalizatsiya vositalari xususida maʼlumotlar berilib, ishlash tizimi koʻrsatib berishdi.
Targʻibotlar davomida qoʻriqlash xizmatidan foydalanish istagini bildirgan fuqarolardan tegishli hujjatlar rasmiylashtirib, qoʻriqlovga olish choralari koʻrildi. Xavfsiz hudud va mulkiy turdagi jinoyatlar profilaktikasi doirasidagi targʻibotlar mahallalar kesimida davom etmoqda.