SHAXSLARARO MUNOSABATLAR VA MULOQOT KOʻNIKMALARINI RIVOJLANTIRISHGA QARATILGAN PSIXOLOGIK TRENING
Fargʻona viloyati IIB Qoʻriqlash departamenti psixologlari tomonidan xodimlar oʻrtasida “Shaxslararo munosabatlarda shaxsning oʻrni va roli: kommunikativ sifatlarni shakllantirish” mavzusida psixologik trening mashgʻulotlari oʻtkazildi.
Ushbu trening doirasida ishtirokchilar samarali muloqot koʻnikmalarini rivojlantirish, oʻzaro tushunish va jamoaviy muhitni mustahkamlashga yoʻnaltirilgan turli amaliy mashqlarni bajardilar. Tadbir davomida shaxsning kommunikativ qobiliyatlarini rivojlantirish usullari, empatiya va faol tinglash tamoyillari muhokama qilindi. Trening interaktiv shaklda oʻtib, unda ishtirokchilar oʻzaro munosabatlarda tushunish va hamkorlikni oshirishga yoʻnaltirilgan amaliy mashqlar bajardilar. Shuningdek, samarali fikr almashish, nizolarni boshqarish va yetakchilik qobiliyatlarini rivojlantirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.