Milliy gvardiya Xorazm viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi tashabbusi bilan “Yangi Oʻzbekiston rivoji uchun barchamizdek birdek masʼulmiz” shiori ostida davra suhbati oʻtkazildi
Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Xorazm viloyati kengashi hamda Milliy gvardiya Xorazm viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi bilan hamkorlikda oʻtkazilgan ushbu davra suhbati katta qiziqish va hamjihatlikda oʻtdi. Mazkur tadbirning maqsadi — mamlakatimizning yangi rivojlanish bosqichiga xos ijtimoiy, madaniy va maʼnaviy qadriyatlarni keng targʻib qilish hamda aholining har tomonlama faolligini oshirishdir.
Tadbirda nogironligi mavjud sportchilar, koʻzi ojizlar jamiyati vakillari, Milliy gvardiya Xorazm viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi hamda Urganch Harbiy prokuraturasi xodimlari ishtirok etishdi. Bu odamlar oʻzining salohiyati, intilishlari va mehnatlari bilan namuna boʻlib, ularning har bir qadamlari rivojlanishga katta hissa qoʻshishda ahamiyatlidir. Davra suhbatida ularning harakatlari, muvaffaqiyatlari va hayotga boʻlgan javobgarlik hislari ishtirokchilarga katta ilhom baxsh etdi.
Boshqa ishtirokchilarga, xususan yoshlarga, ularning yordamida yangi maqsadlarga erishish yoʻlining qanday boʻlishi mumkinligi haqida kerakli maʼruzalar va fikrlar bildirildi. Ushbu tadbir bugungi kunda sogʻlom fikrli va harakatchan, mamlakat rivoji uchun masʼuliyatni his qiladigan yigitlar va qizlarning shakllanishiga xizmat qiladi. Tadbir soʻngida ishtirokchilar "Qoʻriqlash" boshqarmasining tashakkurnomasi va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.