Shaxsiy tarkibni ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatilayotgan axborot xurujlaridan himoya qilish hamda kiberjinoyatlarning oldini olishga qaratilgan navbatdagi profilaktik uchrashuv
Kuni kecha Navoiy viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi mas‘ullari viloyat Ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda shaxsiy tarkibni ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatilayotgan axborot xurujlaridan himoya qilish hamda kiberjinoyatlarning oldini olish maqsadida navbatdagi profilaktik uchrashuv tashkil etildi.
Mazkur uchrashuvda yigʻilganlarga kiberjinoyatlarning oldini olish hamda aholini kiber olamidagi tahdidlardan ogoh boʻlish, tavakkalchilikka asoslangan qimor oʻyinlarini oʻynamaslik, xususan kiberjinoyatlarning yangi turlari ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan soxta havolalar va virusli dasturlardan himoyalanish toʻgʻrisida hamda shaxsiy tarkibga xizmat faoliyati davomida internetdagi tahdidlardan ogohlantiruvchi choralarga rioya qilish muhimligi, ijtimoiy tarmoqlarda sodir etilayotgan jinoyatlar salmogʻi keskin ravishda oshib borayotganligi yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Bundan tashqari, shaxsiy tarkib oʻrtasida xizmat intizomiga rioya qilish, turli xildagi qonun buzilishi holatlarini oldini olish – har bir kishining vazifasi ekanligi taʼkidlandi.
Uchrashuv yakunida esa mutaxassislar tomonidan xodimlarning savollariga atroflicha javoblar berilib, amaliy tavsiyalar taqdim etildi.