Xizmat intizomi va qonunchilik talablariga qatʼiy rioya etish hamda xodimlar bilan bogʻliq salbiy holatlarning oldini olish masalalariga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi
Surxondaryo viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi xodimlari ishtirokida xizmat intizomi va qonunbuzarliklarga murosasiz munosabatni shakllantirish, shuningdek, jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarliklar profilaktikasi masalalariga bagʻishlangan davra suhbati tashkil etildi.
Uchrashuvda IIB hamda Qoʻriqlash boshqarmasi masʼullari tomonidan huquqbuzarlikka qarshi kurashda qonunlarga murosasiz munosabatda boʻlish, xodimlarning intizom va javobgarlikni chuqur anglab yetishlari muhim ahamiyat kasb etishi taʼkidlandi.
Bundan tashqari, yoʻllarda harakatlanish davomida yoʻl harakati qoidalariga rioya qilish oʻzimiz va oila aʼzolarimiz hamda yaqinlarimizning salomatligini saqlashi, ularning koʻzlagan manzillariga sogʻ-salomat yetib olishlarini taʼminlashi, shunday ekan barchadan yoʻl harakati qoidalari yuzasidan yetarli bilimga ega boʻlish, unga qatʼiy amal qilish talab etilishi, harakat davomida hamisha hushyor harakatlanish, sergaklikni yoʻqotmaslik, yoʻl harakatining boshqa ishtirokchilariga nisbatan madaniyatli boʻlish borasida tushuntirish ishlari olib borildi.