8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Qoʻriqlash Departamenti hamda uning hududiy boʻlinmalarida tantanali bayram tadbirlari boʻlib oʻtdi
Ayol – goʻzallik timsoli, oila zamini, jamiyat ustuni, xonadonimiz farishtasi, hayotimiz fayzi, koʻrki. Ayol – gʻamxoʻr ona, mehribon opa-singil, vafodor yor, suyukli qiz. Ayollarsiz baxtimiz toʻliq, bagʻrimiz butun, dasturxonimiz toʻkin, hayotimiz totli boʻlmaydi. Vatanga, oilaga, hayotga boʻlgan ishonch avvalo – ayolga, onaga ehtiromdan boshlanadi.
Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʻriqlash Departamenti hamda uning hududiy boʻlinmalarida 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Ayolga – ehtirom” deb nomlangan tantanali bayram tadbirlari oʻtkazildi.
Tantanali tadbirlarda soʻzga chiqqanlar tomonidan oilalarimizning tinchligi, farogʻati, hayotimizning goʻzalligi, barakasi boʻlgan onalarimiz, opa-singillarimiz, qizlarimiz, ayollarimiz oldida hamisha qarzdormiz deya taʼkidlab oʻtildi.
Shundan soʻng barcha ayol-xodimalariga koʻkrak nishonlari, faxriy yorliq hamda esdalik sovgʻalari taqdim etildi. Sanʼatkorlar hamda yosh ijrochilarning yoqimli kuy-qoʻshiqlari, jozibali raqslari, badiiy sahna koʻrinishlari munis opa-singillarimizga bayramona kayfiyat ulashdi.