Kuni kecha Milliy gvardiya "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi Davlat organlari obyektlarini qoʻriqlash boʻyicha boshqarmasi xodimlari va ularning oila aʼzolari hamda Demokrat.uz Internet nashrining vakillari ishtirokida "Internet tarmogʻidagi firibgarliklardan saqlanish" mavzusida ilmiy-amaliy seminar boʻlib oʻtdi.
Fargʻona viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasida rahbariyat hamda shaxsiy tarkib, shuningdek shahar-tuman "Qoʻriqlash" boʻlimlari boshliqlari ishtirokida 2023 yil yakuni boʻyicha amalga oshirilgan ishlar va yangi 2024 yilda qilinishi lozim boʻlgan asosiy vazifalar yuzasidan hisobot yigʻilishi boʻlib oʻtkazildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Toshkent mintaqaviy oʻquv markazi shaxsiy tarkibi va tinglovchilarining yongʻinlar va favqulodda vaziyatlar yuz berganda toʻgʻri harakatlana olish borasidagi bilimlarini yanada oshirish, is gazidan zaharlanish holatlarini oldini olish maqsadida Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmasi masʼul xodimlari bilan hamkorlikda amaliy mashgʻulot oʻtkazildi.
Sergeli tumanida joylashgan "Madadkor" mahalla fuqarolar yigʻinida jinoyat va huquqbuzarliklarni profilaktika qilish masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Shu boisdan ham Toshkent shahar "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari tomonidan mahalla fuqarolari ishtirokida targʻibot tadbirlari tashkil etildi.
Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasida ham sohada xizmat olib borayotgan xodimlar uchun oziq-ovqat mahsulotlari, shirinliklar va turli xil mevalardan iborat arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi tashkil etildi.
Fuqarolarimiz Yangi yil shodiyonalari arafasida bayramini tinch va osuda oʻtkazishlari uchun respublikamizning barcha viloyatlarida xususan, "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalari xodimlari tomonidan joylarda jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni taʼminlash maqsadida kuchaytirilgan tartibda tezkor-profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.
Milliy gvardiyaga biriktirilgan harbiy-vatanparvarlik sinf oʻquvchilari uchun Jizzax shahrida joylashgan “Qatagʻon qurbonlari xotirasi” muzeyiga sayohat uyushtirildi
Toshkent shahar "Qoʻriqlash" boshqarmasi tomonidan xodimlar maʼnaviyatini yanada yuksaltirish, ularda vatanparvarlik va shukronalik tuygʻularini mustahkamlash hamda boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida poytaxtimizda joylashgan Abror Hidoyatov nomidagi oʻzbek davlat drama teatriga tashrif tashkil etildi.