MUZEYLAR – TARIXNI TERAN ANGLASH UCHUN ENG MUHIM ASOSDIR
Tarixsiz kelajak yoʻq deb bejizga aytilmagan. Zotan oʻtmishni anglash, tarixni bilish kelajakka dadil odimlashga sabab boʻladi. Kuni kecha Jizzax viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi tashabbusi bilan Milliy gvardiyaga biriktirilgan harbiy-vatanparvarlik sinf oʻquvchilari ishtirokida vatanparvarlik oyligi doirasida Jizzax shahrida joylashgan “Qatagʻon qurbonlari xotirasi” muzeyiga sayohat uyushtirildi. Sayohat davomida muzey xodimlari tomonidan oʻquvchilarga tarixiy shaxslar va ular tomonidan amalga oshirilgan ishlar, eksponatlar xususida maʼlumot berildi. Bir soʻz bilan aytganda sayohat davomida oʻquvchilarning Oʻzbekiston tarixiga oid bilimlari yanada boyidi desak mubolagʻa boʻlmaydi.