Yangiliklar

23 Dekabr 2023

YONGʻIN XAVFSIZLIGI OYLIGI DOIRASIDA AMALIY MASHGʻULOT BOʻLIB OʻTDI

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Toshkent mintaqaviy oʻquv markazi shaxsiy tarkibi va tinglovchilarining yongʻinlar va favqulodda vaziyatlar yuz berganda toʻgʻri harakatlana olish borasidagi bilimlarini yanada oshirish, is gazidan zaharlanish holatlarini oldini olish maqsadida Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmasi masʼul xodimlari bilan hamkorlikda amaliy mashgʻulot oʻtkazildi.
Mazkur mashgʻulot davomida shaxsiy tarkibning yongʻin sodir boʻlgan favqulodda holatlardagi harakatlari, is gazidan zaharlanishning oldini olish kabi dolzarb mavzular haqida soʻz bordi. Qiziqarli suhbat asosida tashkil etilgan muloqotlardan soʻng xodimlarga birlamchi oʻt oʻchirish vositalaridan foydalanish, favqulodda vaziyatlar boʻlinmalarining shaxsiy himoya anjomlari namoyish etilib,ulardan foydalanish tartiblari amaliy tarzda tushuntirildi.
Shuningdek, bu kabi tadbir Andijon viloyatida ham oʻtkazildi. Mashgʻulotlar Andijon viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilib, mutaxassislar is gazidan zaharlanishni oldini olish, elektr va issiqlik energiyasi, koʻmirdan xavfsiz va oqilona foydalanishda texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalariga amal qilish boʻyicha maʼlumot berib oʻtdi.
Oʻquv mashgʻuloti yakunida Milliy gvardiya rahbariyati tashrif buyurgan mutaxassislar va ishtirokchilarga tizimda yongʻinlarni oldini olish profilaktikasi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berib, shaxsiy tarkibni yana bir bor sergaklikka chaqirdi.