VATANGA VA XALQIMIZGA TUNU KUN XIZMAT QILISH – BARCHAMIZNING BURCHIMIZDIR!
Fuqarolarimiz Yangi yil shodiyonalari arafasida bayramini tinch va osuda oʻtkazishlari uchun respublikamizning barcha viloyatlarida xususan, "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalari xodimlari tomonidan joylarda jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni taʼminlash maqsadida kuchaytirilgan tartibda tezkor-profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.
"Dolzarb qirq kunligi" tezkor-profilaktik tadbirlar doirasida Milliy gvardiya hamda Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan jinoyatchilik va huquqbuzarliklar hamda mulkiy turdagi jinoyatlarni barvaqt oldini olish, jamoat va yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash boʻyicha tungi xizmat namunali tarzda tashkil etildi.