Yangiliklar

25 Dekabr 2023

BOSHQARMADA OʻTGAN YIL SARHISOBI VA ISTIQBOLDAGI REJALAR MUHOKAMA QILINDI

Fargʻona viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasida rahbariyat hamda shaxsiy tarkib, shuningdek shahar-tuman "Qoʻriqlash" boʻlimlari boshliqlari ishtirokida 2023 yil yakuni boʻyicha amalga oshirilgan ishlar va yangi 2024 yilda qilinishi lozim boʻlgan asosiy vazifalar yuzasidan hisobot yigʻilishi boʻlib oʻtkazildi.
Yigʻilish davomida xodimlar oʻrtasida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash, salbiy holatlarni oldini olish, uning kelib chiqish sabablarini bartaraf etish va xizmatni toʻgʻri tashkillashtirish, shaxsiy tarkib bilan olib borilayotgan ishlarni samaradorligini oshirish borasida barcha boʻgʻin rahbar xodimlariga aniq vazifalar belgilab berildi.
Shu bilan birga, soʻzga chiqqanlar tomonidan shahar-tuman kesimida "Qoʻriqlash" faoliyatini yangi bosqichga koʻtarish, fuqaro xonadonlari hamda xalq xoʻjaligi obyektlarini qoʻriqqa olish, jamoat tartibini saqlash va huquqbuzarliklarni oldini olish borasidagi ishlari koʻrib chiqilib, shahar-tuman "Qoʻriqlash" boʻlimlariga yangi 2024 yil uchun amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar belgilab berildi.