Yangiliklar

22 Dekabr 2023

XODIMLAR UCHUN ARZONLASHTIRILGAN SAVDO YARMARKASI TASHKIL ETILDI

Yurtimizning barcha hududlarida Yangi yil bayramini kutib olish uchun katta tayyorgarliklar olib borilmoqda. Yangi yil arafasida bayram dasturxonini bezash uchun aholining arzon va sifatli mahsulotlarga ehtiyoji ortishi tabiiy. Shuni eʼtiborga olib, hududlar bozorlari bilan bir qatorda, tashkilotlarning oʻzida ham bayram yarmarkalari tashkil etilmoqda. Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasida ham sohada xizmat olib borayotgan xodimlar uchun oziq-ovqat mahsulotlari, shirinliklar va turli xil mevalardan iborat arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi tashkil etildi.
Unda dehqon va fermer xoʻjaliklari tomonidan yetishtirilgan qishloq xoʻjalik va goʻsht mahsulotlari, baliq, yogʻ, shirinliklar, quruq mevalar hamda ichimliklar arzonlashtirilgan narxlarda savdoga qoʻyildi. Albatta, bu jarayonda taklif etilayotgan mahsulotlarning sifati, saqlanish muddatlariga ham ahamiyat qaratilgan boʻlib, Yangi yil bayram dasturxoni uchun eng sara, sarxil mahsulotlar taqdim etildi. Ushbu savdo yarmarkasi xodimlarning vaqtlarini tejab, ularga qulaylik yaratgani bilan ahamiyatli boʻldi. Zero, aholi dasturxonining toʻkinligi, yurt farovonligi garovidir.