MAHALLALARDA TARGʻIBOT TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA
Sergeli tumanida joylashgan "Madadkor" mahalla fuqarolar yigʻinida jinoyat va huquqbuzarliklarni profilaktika qilish masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Shu boisdan ham Toshkent shahar "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari tomonidan mahalla fuqarolari ishtirokida targʻibot tadbirlari tashkil etildi.
Tadbirda zamonaviy qoʻriqlash uskunalari, kuzatuv kameralari namoyish etilib, tezkor harakatlanuvchi guruh xodimlarining imkoniyatlari keng tushuntirib oʻtildi. "Obod xonadon, koʻcha va mahalla" mezonlari asosida bunyod etilgan mazkur mahallada maʼdaniy tadbir ham boʻlib oʻtdi. Yigʻilganlarga Milliy gvardiya harbiy texnika va otlar paradi namoyish etildi. Harbiy orkestr sadolari yangradi. Eng faol mahalla vakillari taqdirlanib, havaskor xonandalarning konsert dasturi barchaga koʻtarinki ruh bagʻishladi.
Bu kabi tadbirlarni oʻtkazishdan asosiy maqsad – Yangi yil shodiyonalarini xavfsiz va koʻtarinki kayfiyatda kutib olishdan iboratdir.