Yangiliklar

25 Dekabr 2023

"Internet tarmogʻidagi firibgarliklardan saqlanish" mavzusida ilmiy-amaliy seminar boʻlib oʻtdi

Kuni kecha Milliy gvardiya "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi Davlat organlari obyektlarini qoʻriqlash boʻyicha boshqarmasi xodimlari va ularning oila aʼzolari hamda Demokrat.uz Internet nashrining vakillari ishtirokida "Internet tarmogʻidagi firibgarliklardan saqlanish" mavzusida ilmiy-amaliy seminar boʻlib oʻtdi.
Mazkur uchrashuvda shaxsiy tarkibning huquqiy bilimlarini oshirish, xizmat intizomini mustahkamlash, xodimlarning korrupsiya va tamagirlik kabi salbiy illatlarga aralashib qolishlarini oldini olish kabi muhim mavzular doirasida muloqotlar oʻtkazildi.
Shuningdek, soʻz olganlar "KORRUPSIYA va firibgarlikka oid jinoyatlar" va “Pora olish-berishda vositachilik qilish” jinoyatlari sodir etganlik uchun belgilangan tartibda javobgarlik mavjud ekanligini taʼkidlab, xizmatni toʻgʻri tashkil qilishdagi omillar, eʼtibor qaratiladigan jihatlar, javobgarlik xissini yanada oshirish va xizmat hujjatlarining toʻgʻri yuritilishini taʼminlash boʻyicha tavsiyalar berildi.
Shundan soʻng korrupsion holatlari va uning oqibatlari xususida soʻz yuritiluvchi videorolik namoyish qilindi.
Tadbir yakunida masʼullar tomonidan xodimlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi.