Yangiliklar

8 Dekabr 2023
Batafsil
XODIMLAR OʻRTASIDA QIZIQARLI INTELLEKTUAL OʻYINI BOʻLIB OʻTDI

Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Buxoro viloyat Kengashi kubogi uchun Buxoro viloyatidagi kuch tuzilmalar oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan "Siz qonunni bilasizmi?" mavzusida zakovat intellektual oʻyini oʻtkazildi.

7 Dekabr 2023
Batafsil
KONSTITUTSIYA – XALQCHIL DAVLAT, BARQAROR TARAQQIYOT VA FAROVON HAYOT ASOSI

Fargʻona viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasida Fargʻona harbiy prokuraturasi hamda Adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda 8 dekabr – KONSTITUTSIYA qabul qilingan kun munosabati bilan "KONSTITUTSIYA – xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi" shiori ostida davra suhbati oʻtkazildi.

4 Dekabr 2023
Batafsil
VATAN VA EL RAVNAQI UCHUN BARCHAMIZ MASʼULMIZ!

Milliy gvardiya Xorazm viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari va ularning ota-onalari ishtirokida jinoyatchilik, huquqbuzarlik, yoʻl-transport hodisalari va tan jarohati oldini olish bilan bogʻliq salbiy holatlarni oldini olishga qaratilgan davra suhbati oʻtkazildi.

2 Dekabr 2023
Batafsil
Respublikamiz boʻylab oʻtkazilayotgan «Qon topshir-hayot inʼom et!» shiori ostidagi begʻaraz donorlik aksiyasida xodimlar faol ishtirok etdi

Milliy gvardiya xodimlari tomonidan «Qon topshir-hayot inʼom et!» shiori ostida begʻaraz donorlik aksiyasi boʻlib oʻtdi. Ushbu aksiyadan koʻzlangan maqsad tibbiy-ijtimoiy koʻmakka muhtojlarni qoʻllab-quvvatlash,harbiy xizmatchilarni koʻngilli ravishda qon topshirishi orqali insonlarning hayotini saqlab qolish, jamiyatda insonparvarlik va mehr-oqibat gʻoyalarini keng targʻib qilishdan iborat.

2 Dekabr 2023
Batafsil
1 DEKABR — BUTUNJAHON OITSGA QARSHI KURASH KUNI

1 dekabr – Butunjahon OITCga qarshi kurash kuni munosabati bilan Fargʻona viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasida navbatdagi davra suhbati oʻtkazildi.

29 Noyabr 2023
Batafsil
SAYYOR QABUL – MUAMMO VA ULARGA YECHIMLARNING ASOSIY KAFOLATIDIR

Guliston harbiy prokuraturasi tashabbusi bilan Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari va ularning oila aʼzolari ishtirokida navbatdagi sayyor qabul boʻlib oʻtdi.

29 Noyabr 2023
Batafsil
QOʻRIQLASH FAOLIYATINI KUCHAYTIRISH YUZASIDAN OʻQUV SEMINAR OʻTKAZILDI

Kuni kecha Milliy gvardiya Andijon viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi shaxsiy tarkibi uchun qonunchilikka kiritilayotgan oʻzgarishlar, xodimlar va mansabdor shaxslar, turli fuqarolar bilan munosabatga kirishganda ular orasida tamagirlik hamda korrupsion holatlarning kelib chiqishini bartaraf etish, tinchlik posbonlari orasida huquqbuzarliklarning oldini olish, xizmat intizomni mustahkamlash borasidagi faoliyatni kuchaytirish yuzasidan oʻquv seminar oʻtkazildi.

27 Noyabr 2023
Batafsil
XODIMLAR VA ULARNING OTA-ONALARI ISHTIROKIDA UCHRASHUV OʻTKAZILDI

Milliy gvardiya "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi Xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalarini qoʻriqlash boʻyicha alohida bataloni xodimlari va ularning oila aʼzolari ishtirokida xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etish, oila turmush tarzini yanada yaxshilash maqsadida uchrashuv boʻlib oʻtdi.